Telefon va maishiy texnika do‘konlari uchun

Nasiya daftarini telefoningizga ko‘chiring

Shartnoma, to‘lov grafigi, kechikkan qarzdorlar va mijozga avtomatik Telegram eslatma — hammasi bitta oddiy dasturda. Kim qachon to‘lashini endi eslab yurmaysiz.

14 kun bepul — karta so‘ralmaydi Keyin 300 000 so‘m/oy. Eski Excel daftaringizni o‘zimiz ko‘chirib beramiz.
  • Hech narsa o‘rnatish shart emas
  • Telefonda ham ishlaydi
  • Ma’lumot sizniki
muQobil dasturi telefonda: bugun to‘lashi kerak va kechikkan mijozlar ro‘yxati
Bugun 2 ta to‘lov1 464 000 so‘m kutilmoqda
🔔 Eslatma yuborildiMijozga Telegram’da, avtomatik

Tanish holatmi?

Nasiya savdoda pul yo‘qotish ko‘pincha katta xatodan emas — esdan chiqqan kichik to‘lovlardan boshlanadi.

Kim bugun to‘lashi kerak?

Har kuni daftar yoki Excel’ni varaqlab qidirasiz — vaqt ketadi, xato bo‘ladi.

Kechikkanlar esdan chiqadi

Eski qarzdor bir-ikki oy «jim» tursa, uning qarzi daftar ichida yo‘qolib ketadi.

Har kimga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmaydi

Yuzlab mijozga to‘lov kunini eslatish uchun kuningiz telefonda o‘tadi.

Fayl buzilsa — hammasi ketadi

Kompyuter buzildi, telefon yo‘qoldi, sotuvchi faylni o‘chirib yubordi — yillik hisob bir kunda yo‘q.

muQobil nima qiladi

Uch yillik haqiqiy do‘kon Excel’i asosida yasalgan: do‘kondor amalda nima yozsa, dasturda faqat shu so‘raladi.

Naqd yoki nasiya — 1 daqiqada

Yangi mijozni shu yerning o‘zida yozasiz yoki eskisini tanlaysiz. Naqd sotuvga chegirma qo‘yiladi, nasiyaga oylik grafik o‘zi tuziladi — kalkulyator ustamani darhol ko‘rsatadi.

«Bugungi ish» — bir qarashda

Bugun kim to‘lashi kerak, kim necha kun kechikdi, yaqin kunlarda kimlar — ertalab ochasiz va ishga tushasiz.

Mijozga avtomatik eslatma

To‘lov kunidan oldin va kechiksa — Telegram’da o‘zi yozadi. To‘lov qilganda mijoz kvitansiya oladi. Telegram eslatma bepul.

Hisobotlar

Savdo (naqd va nasiya alohida), berilgan chegirmalar, ustama daromadi, qarz qoldig‘i kechikish muddatlari bo‘yicha, keyingi oylarda kutilayotgan tushum.

Sotuvchilar nazorat ostida

Har sotuvchiga alohida kirish. Sotuvchi chegirmani siz belgilagan chegaragacha beradi, to‘lovni bekor qilish — faqat egasiga. Hisobotlarni sotuvchi ko‘rmaydi.

Ma’lumot xavfsiz va sizniki

Har kuni zaxira nusxa olinadi. Istalgan payt hamma ma’lumotni Excel jadvali qilib yuklab olasiz.

Mijozingiz Telegram’da shunday xabar oladi

Mijoz botni bir marta ochib, telefon raqamini yuboradi — shu. Keyin eslatma va kvitansiyalar o‘zi keladi. Siz esa har kechqurun kunlik hisobotni olasiz.

Q
muQobilmijozga
Assalomu alaykum, Rahmonov Azizbek! 📅 Ertaga, 22-sentabr 2026, «Samsung Galaxy A55» uchun to‘lov kuni: 480 000 so‘m. Sizning do‘koningiz · +998900000000 To‘lov qilgan bo‘lsangiz, bu xabarni e’tiborsiz qoldiring.09:00
✅ To‘lov qabul qilindi «Samsung Galaxy A55» · 2026/03/001 Summa: 480 000 so‘m (22.09.2026) Qolgan qarz: 960 000 so‘m Keyingi to‘lov: 22-oktabr 2026 — 480 000 so‘m14:32
Q
muQobildo‘kon egasiga, har kuni kechqurun
🌙 Sizning do‘koningiz — 22-sentabr 2026, seshanba Sotuv: 5 ta — 15 600 000 so‘m naqd: 2 ta — 3 200 000 so‘m · nasiya: 3 ta — 12 400 000 so‘m Chegirma berildi: 150 000 so‘m Kassaga tushdi: 7 450 000 so‘m shundan qarz to‘lovlari: 4 250 000 so‘m (9 ta) Bugun to‘lanmay qoldi: 2 ta — 960 000 so‘m Kechikkan: 7 ta — 3 180 000 so‘m Umumiy qarz: 86 540 000 so‘m Ertaga kutilmoqda: 5 ta — 2 350 000 so‘m Botga ulangan mijozlar: 41 / 5820:00

Qanday boshlanadi

Kompyuter bilimi shart emas — telefonda ishlay olsangiz yetarli.

Ariza qoldiring

Ismingiz va telefoningiz — 30 soniya. Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qiling.

Hisobingizni ochib beramiz

Qo‘ng‘iroq qilamiz, do‘koningizni ulaymiz, 15 daqiqada ko‘rsatib o‘rgatamiz. Eski qarzdorlarni kiritishga yordam beramiz.

Ishlashni boshlaysiz

14 kun bepul ishlatib ko‘rasiz. Yoqsa — davom etasiz, yoqmasa — hech narsa to‘lamaysiz.

Narx — ochiq va oddiy

Yashirin to‘lov, qo‘shimcha modul yo‘q. Mijoz va shartnoma soni cheklanmagan.

Oylik

14 kun bepul, keyin har oy

300 000 so‘m / oy
  • Hamma imkoniyatlar
  • Cheklanmagan mijoz va shartnoma
  • Telegram eslatma va kunlik hisobot
  • Sotuvchilar uchun alohida kirish
  • Eski Excel’ni ko‘chirishga yordam
Bepul sinab ko‘rish
401 000 so‘m tejaysiz

Yillik

12 oy bir to‘lovda

3 199 000 so‘m / yil
  • Oylik tarifdagi hamma narsa
  • Narx bir yilga qotiriladi
  • Har oy to‘lashni eslab yurmaysiz
  • Shaxsan o‘rgatish va yordam
Bepul boshlash

Har bir filial — alohida obuna. To‘lov kartaga o‘tkaziladi, chek Telegram botga yuboriladi — tasdiqlangan zahoti obuna uzayadi. Botga ulanmagan mijozlarga SMS eslatma — oldindan to‘lanadigan SMS hisobidan (1 SMS — 500 so‘m), hisob botda to‘ldiriladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Kompyuter kerakmi yoki biror narsa o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. muQobil brauzerda ishlaydi — telefonda ham, kompyuterda ham. Telefon ekraniga ilova kabi qo‘yib olish mumkin.

Excel yoki daftardagi eski qarzdorlarim-chi?

Ularni dasturga kiritishga yordam beramiz. Faqat hali to‘lanmagan nasiyalarni kiritish kifoya — yopilganlari arxivda qolaversin.

Mijozlarim Telegram’dan foydalanmasa-chi?

Telegram’da bo‘lmagan mijozlarga SMS eslatma ham ketadi. Buning uchun botda SMS hisobini to‘ldirasiz (eng kami 50 000 so‘m) — har SMS uchun 500 so‘m ayriladi, qoldiq dasturda va botda ko‘rinib turadi. Telegram eslatmalari bepul.

Ma’lumotlarim xavfsizmi? Boshqalar ko‘rib qolmaydimi?

Har do‘kon faqat o‘z ma’lumotini ko‘radi. Ulanish shifrlangan, parollar ochiq saqlanmaydi, har kuni zaxira nusxa olinadi. Sotuvchilaringiz hisobotlarni ko‘rmaydi va to‘lovni bekor qila olmaydi.

To‘lashni to‘xtatsam, ma’lumotlarim nima bo‘ladi?

Ma’lumot o‘chmaydi. Istalgan payt hammasini Excel jadvali ko‘rinishida yuklab olishingiz mumkin — u sizniki.

Foizni dastur o‘zi hisoblaydimi? Bizda har mijozga har xil.

Dastur stavka bo‘yicha jami summani taklif qiladi, lekin yakuniy summani o‘zingiz yozasiz — do‘konlar aynan shunday ishlaydi. Grafik siz yozgan summa bo‘yicha tuziladi.

Internet uzilib qolsa-chi?

Dastur internet orqali ishlaydi, lekin oddiy mobil internet yetarli. Eslatmalar esa serverdan yuboriladi — sizning telefoningiz o‘chiq bo‘lsa ham mijozga boradi.

Yordam kerakmi?

O‘zingiz 2 daqiqada ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Yoki ariza qoldiring — qo‘ng‘iroq qilib, ulab, eski nasiyalaringizni ko‘chirib beramiz.